Oila uchun joylashuv ilovasi

Oilangiz bilan birga.

Oila a'zolaringiz qayerdaligini xaritada real vaqtda ko'ring. Bir-biringizni qidirib qo'ng'iroq qilmang — shunchaki xaritaga qarang.

Tez oradaApp StoreTez oradaGoogle PlayChiqishiga oz qoldi

41.3111°N · 69.2797°E · Toshkent

60 kun
Joylashuv tarixi shuncha saqlanadi, keyin avtomatik o'chiriladi
2 taraf
Joylashuv faqat o'zaro rozilik bilan ulashiladi
0 reklama
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi
3 til
O'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi

Imkoniyatlar

Bitta xarita. Butun oila.

Jonli xarita

Oila a'zolaringiz bitta xaritada. Kim uyda, kim yo'lda, kim maktabda — bir qarashda ko'rinadi.

  • Yandex xaritalari — O'zbekiston ko'chalari uchun eng aniq manba
  • Harakatda yoki to'xtaganini ko'rsatadi
  • Batareya darajasi va oxirgi yangilanish vaqti yonida turadi
  • Aloqa uzilganda belgi kulrang bo'ladi — eski ma'lumot yangidek ko'rinmaydi
Xarita
4 a'zo
M
A
O
S

Oila doirasi

Har kimning o'z Birga ID'si bor. Havolani ulashing yoki ID orqali toping — ikkalangiz ham tasdiqlaganingizdan keyin xaritada paydo bo'lasiz.

  • Telefon raqamini bermasdan qo'shish
  • So'rovni qabul qilmaguningizcha hech kim sizni ko'rmaydi
  • Istalgan vaqtda ro'yxatdan chiqarish mumkin
Do'stlar
@aziz_01
M
Malika
@malika_r
Do'st
A
Aziz
@aziz_01
Do'st
D
Dilnoza
2 umumiy do'st
So'rov

Saqlangan joylar

Uy, maktab, ish — muhim joylarni bir marta belgilab qo'ying. Keyin xaritada koordinata emas, tanish nom ko'rinadi.

  • Manzil bo'yicha qidiring yoki xaritadan belgilang
  • Toifalar: uy, ish, maktab, do'st uyi
  • Ilova siz tez-tez boradigan joylarni o'zi taklif qiladi
Joylar
3 ta
Uy Maktab Ish + Joy qo'shish
U
Uy
Chilonzor 9
Malika

Xabarlar va salom

Qisqa savol uchun ilovadan chiqishning hojati yo'q. Xaritadan to'g'ridan-to'g'ri yozing yoki bitta tugma bilan «salom» yuboring.

  • Do'st bilan shaxsiy suhbat
  • Yuborildi va o'qildi belgilari
  • «Salom» — javob kutmaydigan qisqa ishora
Malika
Jonli
Qayerdasan?14:02
Maktabdaman, 15:30 da chiqaman14:03 · o'qildi
Xop, kutaman14:03

Batareya darajasi

Telefoni o'chib qolish arafasidami — ko'rib turasiz. Javob bermayotgani telefon o'chganidan ekanini bilish ko'p tashvishning oldini oladi.

O'zbek tilida

Tarjima qilingan emas — o'zbek tili uchun yozilgan. Rus va ingliz tillari ham bir tugma bilan almashadi.

Siz boshqarasiz

Joylashuvni ulashishni to'xtatish, do'stni o'chirish yoki hisobni butunlay yo'q qilish — hammasi ilova ichida, bir necha tegishda.

Qanday ishlaydi

Uch qadam, ikki daqiqa.

Ilovani o'rnating

App Store yoki Google Play'dan yuklab oling va email orqali kiring. Telefon raqami shart emas.

Oilangizni qo'shing

Havolangizni ulashing yoki Birga ID orqali toping. Ikkala taraf ham tasdiqlashi kerak.

Xaritada ko'ring

Tayyor. Hamma bitta xaritada — kim qayerda, qachondan beri va batareyasi qancha.

Maxfiylik

Joylashuv — eng shaxsiy ma'lumot.

Shuning uchun biz uni shunday muomala qilamiz. Quyidagilar va'da emas — ilova aynan shunday ishlaydi.

O'zaro rozilik

Sizni faqat o'zingiz so'rovini qabul qilgan odamlar ko'radi. Bir tomonlama kuzatuv yo'q — ular ham sizga ko'rinadi.

Ikki taraf ham tasdiqlaydi

60 kunlik chegara

Joylashuv tarixi 60 kundan ortiq saqlanmaydi. Undan eskisi avtomatik va butunlay o'chiriladi.

60 kun · avtomatik

Sotilmaydi

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz, ijaraga bermaymiz va reklama tarmoqlariga uzatmaymiz. Ilovada reklama yo'q.

0 ta reklama tarmog'i

Istalgan payt o'chiring

Hisobni o'chirish ilova ichida. Shaxsiy ma'lumotlar darhol yopiladi, 30 kundan keyin butunlay yo'q qilinadi.

30 kun ichida qaytarish mumkin

Fon rejimidagi joylashuv. Oilangiz sizni ilova yopiq bo'lganda ham xaritada ko'rishi uchun Birga joylashuvni fonda yangilab turadi. Shuning uchun «Doim ruxsat berish» kerak bo'ladi. Fonda joylashuvdan doimiy foydalanish batareya sarfini oshiradi. Ruxsatni telefon sozlamalaridan istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Maxfiylik siyosatini to'liq o'qish →

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

Birga bepulmi?

Ha. Hozirda Birga'ning barcha imkoniyatlari butunlay bepul — obuna ham, ilova ichida xarid ham yo'q.

Joylashuvimni kim ko'radi?

Faqat siz do'st so'rovini qabul qilgan odamlar. Ro'yxatdan o'tganingizning o'zi joylashuvingizni hech kimga ochmaydi — har bir aloqa ikkala tomon tasdig'ini talab qiladi.

Do'stni istalgan vaqtda ro'yxatdan o'chirsangiz, u sizni darhol ko'rmay qoladi.

Nega «Doim ruxsat berish» kerak?

Agar ruxsat faqat «ilovadan foydalanayotganda» berilsa, siz Birga'ni yopganingizda joylashuv yangilanmaydi va oilangiz eski nuqtani ko'rib turadi. Buning ma'nosi qolmaydi.

«Doim ruxsat berish» ilova fonda ham joylashuvni yangilashiga imkon beradi. Ruxsatni telefon sozlamalaridan istalgan vaqtda qaytarib olish mumkin.

Batareyani ko'p sarflaydimi?

Fonda joylashuvdan foydalanadigan har qanday ilova batareya sarfini oshiradi — buni yashirmaymiz. Birga yangilanishlarni siyraklashtirib, siz bir joyda turganingizda deyarli hech narsa yubormaydi.

Farzandim uchun ishlatsam bo'ladimi?

Ha, Birga aynan shu uchun yaratilgan. 18 yoshga to'lmagan bola uchun hisob ochish va joylashuvni ulashishga ota-ona yoki qonuniy vakil roziligi talab qilinadi.

Bolangiz ham xuddi siz kabi kimlar uni ko'rayotganini bilib turadi — yashirin kuzatuv rejimi yo'q.

Hisobimni qanday o'chiraman?

Ilovada: Profil → Hisobni o'chirish. Joylashuv va xabarlar kabi shaxsiy ma'lumotlar darhol yopiladi, hisob esa 30 kundan keyin butunlay yo'q qilinadi. Shu muddat ichida fikringiz o'zgarsa, support@birga-app.uz ga yozing.

Batafsil: hisobni o'chirish.

Oilangizni bitta xaritaga jamlang.

Birga tez orada App Store va Google Play'da. Chiqqanida birinchilardan bo'lib bilish uchun Telegram kanalimizga obuna bo'ling.

Tez oradaApp StoreTez oradaGoogle Play

Telegram kanal →