Yordam markazi
Ko'p uchraydigan savollarga javoblar. Kerakli javobni topa olmasangiz, support@birga-app.uz ga yozing.
Boshlash
Birga qanday ishlaydi?
Ilovani o'rnatasiz, hisob ochasiz, oila a'zolaringizni do'st sifatida qo'shasiz. Ikkala taraf tasdiqlagach, bir-biringizni xaritada real vaqtda ko'ra boshlaysiz.
Ro'yxatdan qanday o'taman?
Email manzilingizni kiritasiz, unga kelgan 6 xonali kodni tasdiqlaysiz. Google, Apple yoki Telegram orqali ham kirish mumkin. Telefon raqami talab qilinmaydi.
Oila a'zolarimni qanday qo'shaman?
Ikki yo'l bor:
- Havola orqali — Do'stlar bo'limidagi havolangizni ulashing. Havolani ochgan odam sizga so'rov yuboradi.
- Birga ID orqali — Do'stlar → Do'st qo'shish bo'limida ularning foydalanuvchi nomini kiriting.
Har ikki holatda ham ikkala taraf tasdiqlashi kerak.
Joylashuv va ruxsatlar
Nega «Doim ruxsat berish» kerak?
Agar ruxsat faqat «ilovadan foydalanayotganda» berilsa, Birga'ni yopganingizda joylashuv yangilanmaydi va oilangiz sizni eski nuqtada ko'rib turadi.
«Doim ruxsat berish» ilovaga fonda ham joylashuvni yangilash imkonini beradi. Ruxsatni istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.
Ruxsatni qanday yoqaman?
iPhone: Sozlamalar → Birga → Joylashuv → «Har doim».
Android: Sozlamalar → Ilovalar → Birga → Ruxsatlar → Joylashuv → «Har doim ruxsat berish».
Do'stimning joylashuvi ko'rinmayapti
Odatda sabablari:
- U joylashuv ruxsatini bermagan yoki «Har doim»ga o'zgartirmagan
- Telefoni o'chgan yoki internetga ulanmagan
- Telefonida quvvat tejash rejimi yoqilgan — bu fon rejimini cheklaydi
Belgi kulrang bo'lsa, bu ma'lumot eskirganini bildiradi. Yonidagi vaqt oxirgi yangilanishni ko'rsatadi.
Batareya va ishlash
Birga batareyani ko'p sarflaydimi?
Fonda joylashuvdan foydalanadigan har qanday ilova batareya sarfini oshiradi. Birga buni kamaytirish uchun siz bir joyda turganingizda yangilanishlarni siyraklashtiradi va o'zgarish bo'lmasa ma'lumot yubormaydi.
Internet trafigini ko'p ishlatadimi?
Yo'q. Joylashuv yangilanishi juda kichik hajmdagi ma'lumot. Eng ko'p trafik xarita ko'rsatilganda sarflanadi.
Maxfiylik
Meni kim ko'radi?
Faqat siz do'st so'rovini qabul qilgan odamlar. Ro'yxatdan o'tganingizning o'zi joylashuvingizni hech kimga ochmaydi.
Joylashuvni vaqtincha to'xtata olamanmi?
Ha — qurilma sozlamalaridan Birga uchun joylashuv ruxsatini o'chiring. Do'stlaringiz sizning oxirgi ma'lum nuqtangizni eskirgan holatda ko'radi.
Ma'lumotlarim qancha saqlanadi?
Joylashuv tarixi 60 kun saqlanadi va keyin avtomatik o'chiriladi. Batafsil: maxfiylik siyosati.
Hisob
Birga ID'mni o'zgartira olamanmi?
Ha, Profil → Profilni tahrirlash bo'limida. ID 3–20 ta belgidan iborat bo'lishi kerak: a–z, 0–9 va pastki chiziq.
Emailimni o'zgartirsam bo'ladimi?
Email hisobingizga bog'langan. O'zgartirish uchun support@birga-app.uz ga yozing.
Hisobimni qanday o'chiraman?
Profil → Hisobni o'chirish. Batafsil: hisobni o'chirish sahifasi.
Yordam kerakmi?
Javob topa olmadingizmi yoki xatolikka duch keldingizmi — yozing. Iloji bo'lsa qurilmangiz modeli va muammo tavsifini ko'rsating.